Ertaklar ikki xil böladi. Birida qandaydir kambağal yigit ajdarhoni öldirib, malika va yarim podşohlikka ega böladi. Ikkinçisida, boş qahramon – şahzoda, malikaga yetişişi uçun özini isbotlaşi kerak. Gilam töqibmi, etik tikibmi, şunçaki, u odamlar orasida ham böla olişini, hammasini unga taqdir in’om etmaganini körsatişi kerak böladi.
Masalan, Maradona birinçi toifaga tuşadi. U doim hammaga qarşi çiqişga majbur bölar, faqat qora xalq uning yaxşi körardi. Uni doim tepişar, xatosini kutişar, oxirgi ikki mundialini u yiğlab tark etdi – birida finalda belgilangan bahsli penalti, ikkinçisida maydon taşqarisidagi öyinlar tufayli.
Messi – şahzoda. Buni ilgari ham yozgandim, Barselona qirolligida voyaga yetdi, ulğayganda, taxt unga tayyorlab qöyilgan, yöllar tozalangan, unga xalaqit berişi mumkin bölgan Ronaldinodan tortib, Zlatanlargaça javob berib yuborilgan. Messi albatta, öşa ajdarho bilan doim urişib yuradigan kambağal yigitdan kam emasdir, ammo buni isbotlaşi şartmas, unaqa ehtiyoj yöq.
Aslida qirollik klubi «Real» bölsa-da, çinakam qirollik Barselonada. «Bernabeu»da heç kim şunçaki sevilmaydi, u yerda gladiatorlar yangi qahramon çiqqunça tinmay jang qiladilar, özlarini isbotlaydilar. Olomon gollarni, ğalabani, qonni talab qiladi. «Kamp Nou» esa, baxtli qirollik, sevgi va sadoqat uluğlanadi, Messi mana şu taxtning vorisi.
Xullas, şunday böldiki, ertak qiziqroq çiqişi, malikaga erişişi uçun şahzoda odamlar qatoriga tuşişi, şeriklari bilan ğalaba qozonib, özini isbotlaşi kerak bölib qoldi. U avvalgidan yaxşiroq öynayapti, aldayapti, yuguryaptimi? Ha. U avvalgidan yaxşiroq öyinçi, aldovçi, yuguruvçi bölib qoldimi? Yöq.
Messi talant, tuğma iste’dod, özga sayyoralik. Ammo şu safar undan insoniy vazifalar, insoniy tuyğular talab qilindi. Kulgi, ğazab, orzu, ojizlik, şiddat, qörquv...
Menimça, birinçi marta şunaqa sinovga duç keldi, endi nafaqat gollar urib paslar berişi, maydonda yetakçilik qilişi, balkim kattaroq, şu paytgaça qilmagan vazifalarni gardaniga yukladi. Jamoani öz atrofida jipslaştirişi, ahillikning markazida bölişi kerakki, har bir futbolçi tarixning bir bölagidek his qilsin özini. Hammasi yana ters ketib, finaldagi ustunlik sovurilgan pallada ham, hammaga yetadigan qayta kuç topa biliş. E’tibor bersangiz, har öyinning qahramoni boşqa – bir safar Alvares masalani hal qildi, boşqasida Di Mariya, yana birida Enso Fernandes, Emiliano Martines... Skaloni umuman şu turnirda dahoga aylandi. Kimdir yoş, kimdir göyoki davri ötib bölgan, kimdir şunçaki «Brayton» futbolçisi. Ularni çempionga aylantirsang, ular ham seni çempion qiladi. Messiga aytyapman.










