«Vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi» - Prezident
Davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 30-35 foizgacha qisqartiriladi. “Endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti keldi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.
«Endi, 2023 yildagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Birinchi yo‘nalish – ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qilaman.
Nima uchun so‘zni aynan shu yo‘nalishdagi islohotdan boshlayapman? Old́inlari e’tibordan chetda qolib, “yo‘q bo‘lib ketish” arafasida bo‘lgan sohalarni “oyoqqa turg‘izish” uchun, olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga to‘g‘ri keldi. Buni qilishga majbur edik, aks holda hozirgi yutuqlarimiz bo‘lmas edi.
Maktabgacha ta’lim, uy-joy kommunal, mahallabay ishlash, investitsiya, davlat xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik sohalarida katta natijalarga erishdik.
Xususiy sektor va tadbirkorlikning rivojlanishi ortga qaytmas jarayonga aylandi.
Aholimizning faolligi, zamonaviy texnologiya va kasb-hunarlarga intilishi oshib bormoqda.
Kundan kunga iqtisodiyotimizda yangi-yangi yo‘nalish va sohalar yaratilmoqda.
Bu borada, xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida, endi “qo‘l boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti keldi», — deya qayd etdi davlat rahbari.
Hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘p, keraksiz shtatlar borligi ta’kidlandi.
«Markazlashuv yuqori. Oqibatda, bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.
Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, “ovozi yo‘q”. Ya’ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas. Endi vazirlarning bunday eskicha usulda ishlashga haqqi yo‘q.
Agar vazirning o‘z sohasi bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan aniq yondashuvlari bo‘lmasa, uning faoliyati tufayli odamlarning og‘iri yengil bo‘lmasa, o‘zingiz ayting, bunday rahbardan nima naf bor?
Shuning uchun, yangi ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi Farmonni imzoladim. Bunga uzoq tayyorgarlik qildik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinishi, hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishi ma’lum qilindi.
«Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi.
Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi», — ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi.
«Ko‘p vazirlar o‘zgaradi. O‘z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo‘layotgan vazirlar lavozimida qoladi. O‘ylaymanki, bunday yondashuv adolatli bo‘ladi.
Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi.
Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi. Har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi mas’uliyati oshiriladi.
Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablag‘ beriladi.
Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon bo‘ladi», — dedi prezident.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi

10:58 / 02.04.2025
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

16:43 / 01.03.2025
Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilmoqda

21:41 / 19.02.2025