Tadbir davomida JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya rahbari topşiriqlari ijrosi holati, taşkilotga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaşni jadallaştiriş çora-tadbirlari, mavzuga oid işçi guruhlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Ayni bosqiçda vazirlik va idoralar JSTga a’zo davlatlar tovar va xizmatlar bozoriga çiqiş böyiça yangilangan takliflari asosida qöşimça muzokaralar pozitsiyalarini işlab çiqiş jarayonini jadallaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
JSTga a’zo davlatlar bilan tovar va xizmatlar bozoriga çiqiş böyiça ikki tomonlama muzokaralar navbatdagi raundlarini, avval erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş yuzasidan taşkilot kotibiyati bilan maslahatlaşuvlarni ötkaziş doirasida aniq vazifalar belgilandi.
Yiğiliş yakuniga köra, tematik işçi guruhlarga kun tartibidagi tegişli yönalişlar böyiça har hafta amaliy seminarlar ötkaziş hamda respublika JSTga kirişi jarayonida keyingi muzokaralarni sifatli taşkil etişga doir takliflar işlab çiqiş topşirildi.








