Messining Argentina milliy jamoasi ğalabasini bayram qilayotgan futbolçilar surati joylaştirilgan postiga hozirgi vaqtda 63 milliondan ortiq «layk» bosilgan.
Oldingi rekord world_record_egg akkauntiga tegişli bölib, oq fondagi oddiy tuxum surati 56,2 million «layk» töplagan edi.

«Jahon çempionimiz! Men buni juda orzu qilardim, şunçalik xohlardimki, haligaça işonmayapman», - deb yozdi Messi surat tagida. U öz oilasiga va jamoani qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorçilik bildirdi va bu alohida futbolçining emas, balki butun jamoaning ğalabasi ekanini ta’kidladi.
18 dekabr kuni Qatardagi «Lusail» stadionida Fransiya va Argentina milliy jamoalari örtasida JÇ-2022 finali ötkazildi. Jamoalar asosiy vaqtda durang öynaşdi, ammo Argentina penaltilar seriyasida ğalaba qozona oldi. Bu argentinaliklarning tarixdagi uçinçi ğalabasi böldi. Bundan oldin ular 1978 va 1986 yilda jahon çempioni bölişgan edi.










