Kattaqörğon şahri hokimi, senator Gavhar Alimova tadbirkorlarga Qaşqadaryo viloyatining birinçi rahbarlari tomonidan noqonuniy tösiq örnatilgani borasida e’tiroz bildirdi.
2021 yilning 28 dekabr kuni Çiroqçi tumanidagi “Umakay” postida “Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MÇJga tegişli texnik çigit uşlab qolingan. YPX xodimlari tadbirkorlar bilan suhbat davomida viloyat rahbarlarining topşiriği bilan Qaşqadaryodan çigit çiqarilmasligini vaj qilib keltirişgan.
Tadbirkorlarning hujjati tekşirilayotgani, ruxsat berilsa qöyib yuborişini ma’lum qilgan. Vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tirozlarga sabab böldi.

Kun.uz muxbiri “Umakay” muntazam yöl patrul maskanida bölib, voqealar rivoji bilan qiziqdi va hozirga qadar oçiq havoda saqlanayotgan, yomğir ostida qolgan yuz tonna mahsulotning holatini tasvirga oldi.
Keça, 4 yanvar kuni soat 14:00 dan ötganda mazkur postga yetib borganimizda, uçta yuk maşinasiga ortilgan mahsulot şundoqqina yöl yoqasida töxtatib qöyilganiga guvoh böldik. Demak, YPX xodimi aytgan hujjat tekşiriş “marosimi” bir haftada ham yakuniga yetmagan ekan.
“Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MÇJ boş hisobçisi Umidjon Toirov biz bilan suhbatda mazkur postdan bundan avval ham muntazam çigit olib ötişganini ma’lum qildi. Korxona birja savdolarida iştirok etib, nafaqat Qaşqadaryo, balki boşqa viloyatlardan ham doimiy tarzda mahsulot olib kelgan.


Toirovning aytişiça, mazkur holatda korxona ekspeditoridan heç qanaqa hujjatlar söralmagan. IIB vakili, şunçaki, viloyatdan çigit çiqarilmasligini aytgan.
Şundan söng korxona mutasaddilari postga yetib borib, mahsulotni viloyat hududidan çiqarmaslik böyiça yozma hujjat talab qilgan. IIB vakili bunday hujjatni taqdim qila olmagan, “viloyat rahbarlarining topşiriği”, deb turib olgan.
























