
Jahon çempionati finalini tomoşa qilgan Ahmad As-Salim Qatar amiri Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi yelkasiga qora va oltin rangli tönni taşlaganida, aksariyat futbol muxlislaridan köra köproq hissiyotlarga töldi.
Messining jahon kubogini kötarganida kiygan töni 2200 dollarlik bişt bölib, Qatarda erkaklar uni töy, bitiruv keçasi va boşqa tantanali tadbirlarga kiyişadi. U Ahmadning oilaviy kompaniyasi tomonidan tikilgan.

As-Salim Argentinaning Fransiya ustidan qozongan ğalabasini Dohadagi Souq Waqif bozorida, oilaviy dökoni yonidagi kafeda tomoşa qildi. Avvalroq u jahon çempionati rasmiylariga ikkita – biri kiçik ölçamdagi, ikkinçisi kattaroq ölçamdagi tönni tikib bergan edi. Keyinroq bilişiça, kiçigi Messiga, kattasi Fransiya milliy jamoasi sardori Ugo Liorisga kiydirildi.
«Biz ularni kimga möljallanganini bilmasdik va men hayratda qoldim», deydi Ahmad Qatar amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Messiga tön kiydirgan vaziyatni eslab. U töndagi öz kompaniyasi yorliğini tanib qoldi va hozir jahon çempionatidagi özining ğalabasini nişonlamoqda.
Qatar qirollik oilasiga uzoq vaqtdan beri bişt yetkazib beruvçi Al-Salem odatda kuniga sakkiz-ön dona tön sotar edi. Duşanba kuni, finaldan keyin sotuvlar 150 taga kötarildi, şu jumladan Messi tomonidan maşhur qilingan eng yaxşi biştning uçtasi sotildi.
Ahmad sözlariga köra, xaridorlarning deyarli barçasi argentinaliklar edi. U bilan suhbat çoğida dökonga yana köplab muxlislar kirib keldi.

«Buni körganimizda hammamiz xursand böldik, bu bir qirolning boşqa qirolga sovğasi edi», dedi argentinalik muxlislardan biri Maurisio Garsiya. U ham qimmatbaho biştni kiyib kördi, biroq narxi juda yuqori ekani sababli sotib olmadi.
Ayrim şarhlovçilar, asosan, yevropaliklar kubok taqdimoti paytida Messining futbolkasi bişt bilan yopilganini tanqid qilişdi. Ammo bu lahza arab ijtimoiy tarmoqlarida mamnuniyat bilan kutib olindi.










