Qonunga quyidagi yangi tushunchalar kiritildi:

  • genderga oid audit – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, genderga doir kompleks yondashuvni o‘rganish va baholash;
  • genderga doir kompleks yondashuv – davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatini, kadrlar siyosatini olib borishni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;

Genderga oid audit asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar soni nisbatini o‘rganish;
  • davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganish;
  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilik ijro etilish holatini baholash;
  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Genderga oid audit tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkaziladi.