Fransiyalik muxlislar Fransiya va Argentina milliy jamoalari örtasidagi jahon çempionati finalini qayta ötkazişni talab qilib, onlayn petitsiyani taşkil qilişdi.
Petitsiya Fransiyaning maxsus MesOpinions saytida oçilgan bölib, mualliflar «adolatsiz hakamlik» tufayli final öyinini qayta ötkazişga çaqirmoqda.
Petitsiya körib çiqiş uçun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuborilişi rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 200 mingga yaqin kişi jahon çempionati finalini takroran ötkaziş böyiça sörovni imzolagan.
Qatarda ötkazilgan jahon çempionati finalining asosiy va qöşimça vaqtidan keyin 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Argentina qöli baland kelgan edi.
FIFA tarixida jahon çempionatlari finallarining heç biri takroran ötkazilmagan.









