San’at sohasi vakillari

Viloyat Oqilova

SNcOEoglWy9j14JFhdy0pRxDIPtKD5Zb.jpg (1032×736)

Özbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova fevral oyida 85 yoşida vafot etdi.

U raqqosa va baletmeyster sifatida qator raqs va baletlar ijro etib, öziga xos maktab yarata olgan.

Töti Yusupova

PEJBwlpQkxqzcNboJQVSYSH2M4UmkF5e.jpg (1080×717)

Ustoz san’atkor, özbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi Töti Yusupova mart oyida 86 yoşida vafot etdi.

Töti Yusupova teatrdagi rollaridan taşqari, köplab filmlarda turli obrazlarni yaratgan: «Tölangan qarz»da Zebi, «Qora muşuk»da Salima, «Abdullajon»da Xolida, «Ipak daraxti»da Töti, «Seni izlab»da ona, «Oyijon»da Buvijon, «Dilxiroj»da momo rollari şular jumlasidan. Aktrisa «Özbekfilm»da yuzdan ortiq badiiy filmlarga ovoz bergan.  

Maryam Ixtiyorova

3roBsiATxhAZsi7cFulmB56Gy7r7Acn8.jpg (1280×731)

Teatr va kinoaktrisasi, Özbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova mart oyida 82 yoşida vafot etdi.

Maryam Ixtiyorova faoliyati davomida teatrda sahnalaştirilgan 100 dan ortiq spektakllarda rol öynagan, bundan taşqari kino va televideniyeda ham sermahsul ijod qilgan. 

Lutfilla Sa’dullayev

yHvvdk6Z_AqGTPEZBRvGDb9o2ojcRx8A.jpg (680×453)

Özbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10 aprel kuni 81 yoşida vafot etdi. Özbek kinotomoşabini uni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Alimardon Törayev, «Odam böliş qiyin»dagi Abdulla, «Şaytanat» serialidagi Qiliç Sulaymonov, «Otalar sözi»dagi iştiroki, şuningdek, «Osmondagi bolalar», «Fotima va Zuhra» va «Tsunami» kabi filmlaridagi rollari orqali eslab qolgan.