Qarşi tuman tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği pora olayotganda uşlangan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, fuqaro S.Q.ning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Qarşi tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği M.M. birlaşmada katta hamşira lavozimida işlovçi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni işga qabul qiliş evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda Qarşi tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.