Prezident farmoniga köra, 2023 yil 1 yanvardan respublika davlat boşqaruvi organlari qayta taşkil etilmoqda.

Qayta taşkil etilayotgan vazirliklar:

  • Xalq ta’limi vazirligi negizida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi negizida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Moliya vazirligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Quriliş vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi negizida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi negizida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi negizida Madaniyat va turizm vazirligi taşkil etilmoqda;
  • Maktabgaça ta’lim vazirligi negizida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgaça ta’lim agentligi taşkil etilmoqda;
  • Innovatsion rivojlaniş vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi taşkil etilmoqda;
  • Sportni rivojlantiriş vazirligi negizida Yoşlar siyosati va sport vazirligi taşkil etilmoqda.