Prezident qarori bilan, Orif Aliboyeviç Bötayev qişloq xöjaligi vaziri örinbosari – Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U 2020 yil fevralidan buyon Mikrokreditbank boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgan edi. Bundan avval Sanoatqurilişbank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari bölib işlagan.

Orif Bötayev 2025 yil avgust oyida “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uçun, 2025 yil oktyabr oyida imzolangan prezident qaroriga asosan, yaylov yerlarini tiklaş böyiça Osiyo taraqqiyot bank iştirokida 63 mln dollarlik loyiha doirasida:

  • mahalliy aholi uy şaroitida boqadigan çorva mollarini oziqlantiriş uçun jamoat yaylovlarini taşkil etiş;
  • respublikada mavjud yaylov yerlarini töliq xatlovdan ötkaziş;
  • yaylov yerlari holati va infratuzilmasini tiklaş, xususan, suğoriş quduqlarini qaziş;
  • yaylov yerlarda ösimlik turlarini kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalar (dronlar)dan foydalangan holda uruğ sepiş kabi çoralar belgilangan.

Respublika böyiça çorvaçilikka ixtisoslaşgan 200 ta mahalla röyxati tuzilib, ularga veterinarlar jalb qilinişi ham közda tutilgan.