IIV matbuot xizmatining xabar berişiça, 20 dekabr kuni soat 17:37 da Toşkent — Salar temiryöl bekatlari oraliğining 3365-km 5−6-tösiqlari orasida maşinist boşqaruvida bölgan yölovçi poyezdi 2005 yilda tuğilgan, 17 yoşli voyaga yetmagan şaxsni urib ketgan.

Hodisa joyi örganilganda hudud temiryölning fuqarolar kesib ötişi taqiqlangan joy ekani aniqlangan. Qayd etilişiça, bola temiryölning belgilanmagan qismidan quloğiga quloqçin taqib, qöl telefonida musiqa tinglab ötib ketayotgan bölgan.

Hodisa oqibatida ösmir jiddiy tan jarohati olgan va voqea joyida vafot etgan.