Ham yolğiz farzand, ham yolğiz onaman...

Lola 20 yoşda. Ammo şu yoşidayoq 2,5 yoşli bemor qizaloği bilan ota uyiga qaytgan. Tun-u kun işlaşga va yarimjon onasi, oqqonga çalingan bolasini boqiş, butun rözğor yukini yelkasiga olişga majbur.

“Hozir onamnikidaman. Ham yolğiz farzand, ham yolğiz onaman. Kunim işda ötadi – 24 soatlab işlagan vaqtlarim böladi. Bir uyda yaşab qizimni soğinaman, işdan kelsam uyam meni soğinib közlari kirtayib qolgan böladi. Bolamga mehr bergim keladi, lekin işlamasam bölmaydi. Onamning özi ham kasal bölişiga qaramay qizimga qarab ötiradi.

Har safar şifoxonada davolanganimizda qörqaman. Keyingi safar nima böladi, şifoxonadan çiqamizmi-yöqmi deb qörqib yaşayman”.

Lola tikuvçilik fabrikasida işçi bölib işlaydi. Olayotgan maoşi esa oila tebratişga, bemor qizining davolanişiga yetmasligi ayon.

Uljon Baxtiyorovaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0604 9834 3343 qarindoşi Saparali Çalaboyev nomida

Manzil: Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani, Paxtaçi mahallasi 8-uy.

Bir bolamni yöqotdim, yana yöqotişdan qörqaman...

2 yaşar Nurmuhammad murğak yoşida çalingan kasalligi tufayli öta asabiy va şu bilan birga nihoyatda ziyrak. U çaqaloqligida bu dardning girdobiga tuşgan.

“Bolamizning qanday dardga çalinganini bilmasdik. Turmuş örtoğim Rossiyada işlardi, tekşirtirib, davolatiş uçun bizni yoniga çaqirdi. Öşa yerda bu haqda eşitdik va oğir ahvolga tuşdik. Ammo qölimizdan heç narsa kelmasdi.

Öşanda Rossiya va Ukraina örtasida uruş boşlanib qoldi. Özbekistonga qaytişimiz ham juda qiyin böldi. Şundan beri davolatib kelyapmiz. Bir farzandimni yöqotdim, endi bunisigayam nimadir bölişidan qörqaman”, — deya yiğlaydi Navröza.