19 dekabr kuni Imperial Club City'dagi xonadonlar sotuvi boshlandi. Obektlar bilan tanishish mumkin bo‘lgan sotuv ofisi ham ochildi. Shourum-xonadon tayyorlangan, tashrif buyuruvchilar o‘zlarini yangi apartamentlarning egasi sifatida his qilib ko‘rishlari mumkin.

Imperial Club City Oloy bozoridan piyoda yetib olsa bo‘ladigan yaqinlikda – Niyozbek Yo‘li ko‘chasi, Toshkent moliya instituti qoshidagi sport majmuasining qarama-qarshi tarafida joylashgan.

Obekt maydoni 4,5 gektarni tashkil qiladi. Hududda 22 ta blok barpo etiladi – 9 qavatdan 16 qavatgacha. Apartamentlar maydoni 27,5 kvadrat metrdan boshlanadi.

Imperial Club City vakillarining aytishicha, planirovkalarni birlashtirish hisobiga deyarli istalgan kvadraturadagi apartamentlarni xarid qilish mumkin. Muhim o‘zgachalik: xonadonlarda shaxsiy terrasaning mavjudligi. Rezidentlar ochiq osmon ostida o‘z hovlilariga ega bo‘lishadi.

Klub-shahar konsepsiyasi hayot uchun kerakli barcha qulayliklar majmua ichida mavjudligini anglatadi:

– haydovchilar uchun dam olish xonalariga ega yerosti avtoturargohi;

– ishchilarga ega bolalar o‘yin klubi;

– sayr zonalar va velo-yo‘laklar;

– basseyn va hammomli katta sport majmuasi;

– universal stadion;

– qahvaxona, barbekyu zonalari va choyxona;

– hovlida ochiq kinoteatr;

– namoz o‘qish xonasi;

– tibbiy yordam punkti va boshqa ko‘plab qulayliklar.