Harbiylar tomonidan boşqarilayotgan Myanma davlati sudi hokimiyatdan ağdarilgan yetakçi Aun San Su Çjini korrupsiyada aybdor deb topdi va unga qarşi oçilgan navbatdagi jinoiy iş böyiça 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

Sud korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş bilan boğliq beşta işni körib çiqdi. Ayblovga köra, Aun San Su Çji öz mansabini suiiste’mol qilgan, natijada davlat mablağlari yöqotilgan. Xuddi şunday hukm sobiq prezident Vin Myinga ham çiqarilgan. 

Ayblanuvçilar barça ayblovlarni rad etişdi. Aun San Su Çjining advokatlari tez orada apellyatsiya berişi kutilmoqda. 

Avvalroq Aun San Su Çji 7 ta korrupsiya moddasi böyiça aybdor deb topilgan edi. Ularning har biri 15 yilgaça qamoq va jarimani nazarda tutadi. 

Bungaça Myanmaning sobiq davlat maslahatçisi boşqa moddalar, jumladan, koronavirus pandemiyasi davridagi çeklov çoralarini buziş, davlat siri töğrisidagi qonunni buziş, fitnaga da’vat qiliş, saylovlarda firibgarlik, köçma radiostansiyalarni noqonuniy olib kiriş va saqlaş kabi moddalar böyiça qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 

Umumiy hisobda uning qamoq muddati 33 yilga teng böldi. 77 yoşli Aun San Su Çji hozirda Neypido şahridagi qamoqda. 

2021 yil 1 fevralda Myanmada harbiy töntariş sodir böldi. Qurolli kuçlar boş qömondoni Min Aung Xlayn qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatlarini öz qölida birlaştirdi, vitse-prezident Myint Şve esa prezident vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. 

Harbiylar bir yillik favqulodda holat e’lon qildi va 2020 yil 8 noyabr kuni Aun San Su Çji, prezident Vin Myin va boşqa yuqori martabali amaldorlarni «saylovlarni qalbakilaştirgani» uçun hibsga oldi. 

Harbiylarning harakatlari norozilik tölqinini keltirib çiqardi, harbiy rejim ularni şafqatsizlarça bostirdi. Isyonlar paytida yuzlab odamlar halok böldi. 

Myanmadagi voqealar xalqaro miqyosda qoralangan. Bir qator davlatlar, xususan, AQŞ, Avstraliya, Buyuk Britaniya, şuningdek, Yevropa Ittifoqi rasmiylari va BMT rahbariyati harbiylarni hibsga olingan amaldorlarni ozod qilişga va saylov natijalarini hurmat qilişga çaqirdi.