Ayni daqiqalarda ötayotgan yiğilişda davlat rahbari soğliqni saqlaş sohasiga töxtaldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev "Dok-1 Maks" preparatini qabul qiliş oqibatida bolalar hayotdan köz yumgani bilan boğliq vaziyatni qattiq tanqid qilgan.

"Samarqand va Qaşqadaryodagi bolalar ölimi sohada işlar ahvolini, nazorat yöqligini körsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Qoriyevni işdan oldim. Bunga yöl qöygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!" - dedi Prezident.

 Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Qoriyev

Samarqand va Qaşqadaryodagi bolalar şifoxonasida «Dok-1 MAKS» preparati sabab 19 nafar bola vafot etgani haqida ma’lumot tarqalgandi.

Örganişlarga köra, Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida sentabr–dekabr oylarida 21 nafar bemor ötkir buyrak zararlanişi bilan tekşirilgan, davolangan. Bemorlar Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatidan bölgan. 3 nafar bemor soğlomlaştirilib uyiga javob berilgan va 18 nafari vafot etgan. Bemorlarning barçasi 6 yoşgaça bölgan bolalar. Ularning 15 nafari 3 yoşgaça bölgan bolalar.

Bemorlar yaqinlaridan ularning kasallaniş sabablari suriştirilganda ularda şamollaş alomatlari bölgani va davolaş maqsadida «Dok-1 MAKS» preparati qabul qilişganidan söng ahvoli oğirlaşganini aytişgan.

Öz navbatida, Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 5 kun davomida Dok-1 Maks siropini iste’mol qilib kelgan bola ham vafot etgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoiy iş qözğatilgan.

Ma’lumot uçun, Sardor Qoriyev 2019 yil 21 fevraldan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori sifatida iş yuritib kelayotgandi.