Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatining 2023 yildagi maqsadi siyosat va iqtisodiyotda jahon yetakçilaridan biriga aylaniş ekanini aytdi.
«Maqsadimiz nafaqat global siyosat va iqtisodiyotning oliy ligalariga kiriş, balki Turkiyaning birinçi örinni egallaşiga imkon beradigan siyosiy va iqtisodiy kuçga ega bölişdir», dedi u.
Erdöğan sözlariga köra, 2023 yil Turkiya uçun «öziga xos» bölişi kerak, çunki mamlakat respublikaning 100 yilligini nişonlaydi.
«Turkiya nafaqat yangi yilni nişonlamoqda, balki respublika taşkil topgani 100 yilligini ham nişonlaydi. Söngra yangi davrga qadam qöyadi», deb qöşimça qildi prezident.
Turkiya Respublikasi 1923 yil 29 oktyabrda e’lon qilingan.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdöğan Anqara Örtayer dengizi havzasi, Kaspiy dengizi va Yaqin Şarqdan Yevropaga energiya yetkazib beruvçi markazga aylaniş niyatida ekanini aytgan edi. Turkiya prezidenti, şuningdek, Anqara ham energetik qaramlikdan qutulmoqçi ekanini ta’kidladi.












