Kun.uz manbasiga köra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Taşqi mehnat migratsiyasi va reintegratsiya masalalari boşqarmasi boşliği örinbosari S.A. DXX tomonidan uşlangan. 

S.A. migrantlarga aviabilet ustiga narx qöyib sotiş amaliyotini taşkil etgani aytilmoqda. U Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingan. 

Ma’lumot uçun, 2021-2022 yillarda Özbekistonda YeXHT loyihalarini amalga oşiriş borasida vazirlik bilan hamkorlikda taşqi mehnat migratsiyasi va migrantlarning reintegratsiya masalalari böyiça umumiy summasi 250 ming yevroni taşkil etuvçi loyihalar amalga oşirilişi aytilgandi.

Oldinroq Kun.uz’da korrupsion sxema sababli Yaponiya iş bozori Özbekiston uçun yopilişi mumkinligi haqida tahliliy maqola e’lon qilingandi. Kun.uz tahlilidan söng masalaga hukumat darajasida e’tibor qaratilgan bölişi mumkinligi aytildi.