Qayd etiş joiz, 2019 yilda prezidentimizning Yaponiyaga taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yaponiyaning Adliya, Soğliqni saqlaş, Mehnat va farovonlik, Taşqi işlar vazirliklari hamda Yaponiya milliy politsiya agentligi örtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Yaponiya hukumatining 2025 yilga qadar mamlakatga xorijdan 350 mingdan ortiq işçi kuçini jalb qiliş davlat dasturi doirasida 2019 yilda 9 ta mamlakat qatorida Özbekiston ham hamkorlikka qöşilgan.
Mazkur kelişuvga köra, ikki davlat “maxsus malakali işçilar” maqomiga ega bölgan xorijiy mehnat resurslarini işga qabul qiliş tizimini amalga oşiriş böyiça hamkorlik qiladi.
Delegatsiya a’zolari dastlab mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan Tokio şahridagi “Shimizu corporation” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.

Xususan, Yaponiyaning “JITCO” kompaniyasi, “Çet ellik texnik stajyorlar malakasini oşiriş taşkiloti” (OTIT) rahbariyatlari bilan ötkazilgan uçraşuvlarda özbekistonlik texnik stajyorlarni keng kölamda jalb qiliş va Yaponiyadagi mehnat migrantlarimizni huquqiy, ijtimoiy himoyasi masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Yaponiya Adliya vaziri Sadakadzu Tanigaki bilan bölib ötgan muzokarada kunçiqar mamlakatida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişga kömaklaşiş masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya immigratsiya xizmati rahbariyati bilan Özbekiston fuqarolarini uşbu mamlakatga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oşiriş böyiça muzokaralar bölib ötdi.
Şuningdek, Osaka şahrida Yaponiyadagi 40 ga yaqin yirik iş beruvçi kompaniya va korporatsiya rahbarlari uçun taşkil etilgan “Özbekiston mehnat salohiyati” körgazma haftaligi doirasida fuqarolarimizni Yaponiyaga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oşirişini ta’minlaş maqsadida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yaponiyaning “Lans corporation” taşkiloti örtasida memorandum imzolandi.
Nagoya şahrida taşkil etilgan “Özbekistonning mehnat salohiyati” mavzusidagi körgazmada “Man to Man”, “Aichi education center”, “Link Asia cooperative” va boşqa kompaniyalar bilan mehnat migratsiyasi hamda kasbga öqitiş böyiça şartnomalar imzolandi.













