Latviya Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Kremlga yaqin bölgan "Sputnik Litva" axborot agentligi boş muharriri Marat Kasemni qölga oldi. Bu haqda 5 yanvar, payşanba kuni maxsus xizmat bayonotiga asoslanib, Delfi axborot portali ma’lum qildi.

Unga köra, Kasem 3 yanvar kuni «Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bölgan Kreml tarğibot resursini iqtisodiy resurslar bilan ta’minlaşda gumon qilinib» qölga olingan. Öz navbatida, «Sputnik Yaqin şarq» portali manbaga tayanmasdan, Kasem josuslikda ham gumon qilinayotganini bildirdi - uşbu moddaga köra, u 20 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Boşqa manbalar bu ma’lumotni hali tasdiqlamadi.

Kasemning advokati Imma Yansonening aytişiça, u hali iş materiallarini olmagan. 5 yanvar kuni Riga sudi Marat Kasemga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi.

Sputnik'ni öz içiga olgan «Rossiya segodnya» media-guruhi boş direktori Dmitriy Kiselev Kasem Latviya fuqarosi ekanligini, bir neça yildan beri Moskvada yaşab, işlab kelayotgani, oilaviy sabablarga köra 30 dekabr kuni Latviyaga ketganini aytdi. Kiselev uning qölga olinişini «siyosiy ta’qib» deb atadi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning sözlariga köra, olti oy oldin Kasem Boltiqböyi mamlakatlari rasmiylari uni professional faoliyati uçun ta’qib qilayotgani haqida şikoyat qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati Delfi portaliga «qölga olingan Latviya fuqarosining faoliyati uzoq vaqt davomida kuzatilganini» ma’lum qildi.

«Bu şaxs Kreml tomonidan nazorat qilinadigan «Rossiya segodnya» agentligining axborot resurslaridan birida işlaydi, u Kreml manfaatlariga muvofiq xabarlarni tarqatadi, jumladan, Latviya va uning ittifoqdoş davlatlarini muntazam ravişda obrösizlantiradi», — deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati xabarida. Idora sanksiya ostidagi taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş taqiqlanganini eslatib ötdi.

2019 yil may oyi oxirida Marat Kasem Vilnyus aeroportida qölga olingan edi - uning özi ta’kidlaganidek, «milliy xavfsizlikka tahdid» degan sabab bilan. Öşanda unga beş yilga Litvaga kiriş taqiqlandi. 2019 yil iyul oyida Litva Radio va televideniye komissiyasi "Sputnik Litva" veb-saytini mualliflik huquqi buzilgani uçun bloklaşga qaror qildi. Litva Milliy radio va televideniyesi Sputnik öz saytida unga tegişli maqolalarni noqonuniy va uning roziligisiz çop etganini da’vo qildi.

Mart oyida, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boşlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi Sputnik agentligi va RT kanalining YeIda faoliyatini taqiqlagan edi. Taqiq uruş oxirigaça hamda Rossiya va unga aloqador ommaviy axborot vositalari «Yevropa Ittifoqiga qarşi dezinformatsion faoliyat va axborot manipulyatsiyasini töxtatmagunça» amal qiladi.