«Statistika» integrallaşgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Özbekiston statistika portali işga tuşirildi, deb xabar bermoqda Statistika qömitasi.

Xabar qilinişiça, portal rasmiy statistika ma’lumotlar yagona bazasini şakllantiradi, ma’lum bir davr böyiça ma’lumotlarni elektron formatlarda oliş imkoniyatini yaratadi.  

Ma’lumotlarni qidirib topiş vaqti 5-10 barobarga, alohida sörovlar asosidagi integratsiya qiliş vaqti esa 10 kundan 1 kungaça qisqartirilgan. 

«Bu xalqaro taşkilotlar, jumladan, Open Data Watch taşkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi. Portalni işlab çiqişda Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Ozarboyjon, Rossiya, Belarus, Qozoğiston va boşqa rivojlangan davlatlarning tajribasi örganilgan», – deyiladi rasmiy xabarda. 

Hozirda SIAT axborot tizimida 19 ta yönalişda jami 1 700 dan ortiq rasmiy statistik körsatkiçlar, 10 yillik dinamik qatorlarda, şuningdek, 30 yillik makrokörsatkiçlar 5 yillik kesimda foydalanuvçilarga qulay va bepul şaklda yuklab oliş uçun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravişda integratsiya qiliş uçun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylaştirilgan. Ma’lumotlar doimiy yangilanib boriladi. 

Statistika portalidan özbek, rus va ingliz tillarida foydalaniş mumkin. 

Portalda ma’lumotlarni interaktiv grafik, gistogramma va diagrammalar körinişida soliştiriş, şuningdek, reyting şakllantiriş va körsatkiçlar örtasidagi munosabatlarni belgilaş modullari joriy etilgan.  

«CDMX standarti asosida har bir statistik körsatkiç böyiça metama’lumotlarning tizimga joylaştirilganligi foydalanuvçilarga körsatkiç birinçi bor e’lon qilingan, yangilangan sana, uning birlamçi manbasi, hisoblagan organ va uslubiyoti, mas’ul bölinma va xodim töğrisida hamda şu kabi boşqa ma’lumotlarni oliş imkonini beradi», – deyiladi rasmiy xabarda.