“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Içki işlar vazirligining profilaktika inspektorlari alkotester qurilmalaridan foydalangan holda şaxs mastlik holatida ekanini aniqlaş hamda sodir etilgan jinoyatlar kelib çiqiş sabablari va ular sodir etilişiga imkon yaratib bergan şart-şaroitlarni jamoatçilik örtasida muhokama qiliş jarayoniga içki işlar organlari mintaqa boşliqlari qatnaşişini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.

Belgilanişiça:

a) Içki işlar organlari profilaktika inspektorlari alkotester qurilmalaridan quyidagi holatlarda foydalanadi:

  • nazorat ostidagi şaxslar “Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma’muriy nazorat töğrisida”gi qonun 7-moddasida belgilangan alkogolli içimliklarni iste’mol qilişni taqiqlaş töğrisidagi ma’muriy çeklovga rioya etişini tekşiriş;
  • Jinoyat kodeksi 48-1-moddasiga asosan sud tomonidan zimmasiga alkogolli içimliklar iste’mol qilmaslik kabi qöşimça taqiqi yuklatilgan mahkum uşbu taqiqqa rioya etişini nazorat qiliş;
  • Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 32-moddasi 6-bandiga asosan Ma’muriy javobgarlikni oğirlaştiruvçi holat etib belgilangan huquqbuzarlik mast holda sodir etilganini aniqlaş;
  • b) sodir etilgan jinoyatlar kelib çiqiş sabablari va ular sodir etilişiga imkon yaratib bergan şart-şaroitlarni jamoatçilik örtasida qonunçilik hujjatlariga muvofiq ötkaziladigan muhokama jarayoniga içki işlar organlari mintaqa boşliqlari faol qatnaşişi şart.

Içki işlar vazirligi:

  • alkotester qurilmalarini qöllaş tartibi, fuqarolar va profilaktika inspektorlari huquq va majburiyatlarini belgilab beruvçi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni işlab çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
  • 2024 yil yakuniga qadar profilaktika inspektorlari uçun alkotester qurilmalarini içki işlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantiriş jamğarmalari hisobidan davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga muvofiq tender ötkaziş orqali bosqiçma-bosqiç xarid qiliş çoralarini köradi;
  • alkotester qurilmalari yordamida mastlikni aniqlaş tartibini yölga qöyiş va uning samaradorligini oşiriş maqsadida profilaktika inspektorlari malakasini oşiriş yuzasidan öquv maşğulotlarini taşkil etadi;