Markaziy Osiyo davlatlarining suv oliş limitlari ötgan yilning noyabr oyida Aşxobodda Davlatlararo suv xöjaligi muvofiqlaştiruvçi komissiyasi (DSMK) yiğilişida tasdiqlangan edi.

Limitga köra, bir yil içida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 oktyabrgaça) Amudaryo havzasidan olinadigan suv miqdori 55,4 milliard kub metrni taşkil etişi kerak, şundan 15,7 milliardi vegetatsiyadan taşqari davrga töğri keladi (2023 yil 1 aprelgaça), deb yozdi ASIA-Plus.

Kelişuvga köra, Tojikiston 9,8 milliard kub metr, Özbekiston 23,6 milliardga yaqin, Turkmaniston 22 milliard kub metr suv oladi.

Sirdaryo havzasidan suv oliş limiti 4,2 milliard kub metrni taşkil etadi, şundan Tojikiston 365 million kub metr, Özbekiston 3,3 milliard, Qozoğiston 452 million, Qirğiziston 47 million kub metr suv oladi.

Qayd etilişiça, 2022 yil vegetatsiya davrida Amudaryo havzasidagi suv miqdori ança noaniq bölgan: agar aprel-may oylarida u me’yoriy çegarada bölsa, iyun oyidan boşlab 85-65 foizgaça kamaygan va me’yordan past bölgan. Yuzaga kelgan vaziyatda foydalanilgan suv miqdori umumiy limitning 79,1 foizini taşkil qilgan. Jumladan Tojikistonda 95,3 foiz, Turkmanistonda 83,3 foiz, Özbekistonda 68,7 foiz suv iste’mol qilingan.

2022 yilning 1 aprelidan 30 sentabrgaça Sirdaryo havzasidan olinadigan suv limiti 11,8 milliard kub metrni taşkil etgan holda 10,1 milliard kub metr suv olingan.

DSMK navbatdagi yiğilişi 2023 yil aprel oyida Duşanbe şahrida bölib ötadi, unda yangi qişloq xöjaligi mavsumining vegetatsiya davrida suv ta’minoti masalalari qöşimça ravişda muhokama qilinadi.