
Navbahor tumanining toğli va toğoldi hududlarida bir oydan beri börilar çorva mollariga hujum qilayotgani aytilmoqda. Çöponlar yirtqiçlarning hujumidan katta zarar köryapti. Jurnalist va bloger Tolib Rahmatov bu haqida özining telegram kanalida xabar qoldirdi.
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida tumandagi “Olchin Agro Eksport” MÇJ rahbari Tölqin Eşnazarov bilan boğlandi. Uning ta’kidlaşiça, börilar hatto kunduz kunlari ham otar oralamoqda.
“3 kun oldin 20 boş naslli qöyimni böğizlab ketdi. Undan oldin ham 1-2 boş olib turgandi. Rossiya, Fransiya, Germaniya va boşqa davlatlardan naslli qöçqorlar olib kelganman. Tunov kuni qöşni çöponning ham 20 boş qöyini böğizladi, 11 boşi ölgan. Ötgan bir oyning özida hududda börilar 500 boşdan ortiq çorvaga zarar yetkazdi.
Çorvani söraydigan odam qolmadi. Tegişli mas’ullar muammoga e’tiborsizlik qilmoqda. Zarari katta bölyapti”, — deydi Tölqin Eşnazarov.
Navoiy viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Oybek Nizomovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan viloyat Ekologiya boşqarmasiga murojaat qilingan.

Navoiy viloyati ekologiya boşqarmasi bioxilmaxillik bölimi boşliği Furqat Qodirovning bildirişiça, çöponlar murojaat qilsa, davlat inspektorlari holatni joyiga borib örganib köradi:
“Biz börining haqiqatdan toğdan tuşib kelgani, çorvaga zarar yetkazgani haqida fakt töplaymiz. Agar bu rost bölsa, töplangan faktlarimizni dalolatnoma qilib, Tabiat resurslari vazirligiga jönatamiz. Vazirlik fanlar akademiyasiga beradi. Fanlar akademiyasi örganib, börini hisobdan çiqariş haqida Tabiat resurslari vazirligiga xulosa beradi. Öz navbatida vazirlik börini ovlaş uçun bizga ruxsatnoma jönatadi. Biz ana şu ruxsatnomani ovçilar uyuşmasiga taqdim etamiz va ular börini ovlab olişadi. Uşbu jarayonga 10-15 kun vaqt ketadi











