Ozarboyjonning AZAL (Azerbaijan Airlines) aviakompaniyasi Boku şahri va Xorazm viloyati markazi Urganç şahri örtasida aviaqatnovni yölga qöyadi. 

Dastlabki reys 28 yanvar kuniga belgilangan. Parvozlar haftada bir marta - şanba kunlari amalga oşiriladi. 

Urganç Özbekistonning AZAL yönalişlar tarmoğidagi törtinçi şahriga aylanadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya Bokudan Toşkentga (duşanba, çorşanba, şanba va yakşanba), Samarqand (seşanba va juma kunlari) va Farğonaga (payşanba kunlari) ham qatnovlarni amalga oşirmoqda. 

Urganç-Boku va Boku-Urganç yönalişidagi aviaqatnov çiptalari narxi 184 dollardan boşlanadi va AZAL kompaniyasi saytida sotilmoqda.