Yevropa komissiyasi (YeK) va Ukraina 2023 yilda Kiyevga 18 milliard yevrogaça kredit berişni nazarda tutuvçi memorandumni imzoladi.
Joriy hafta YeK Ukrainani Yevropa Ittifoqi (YeI) nomidan 3 milliard yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordam tranşi bilan ta’minlaşni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi YeK vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis.
Hujjat imzolanişi haqidagi ma’lumotni Ukraina boş vaziri Denis Şmixal tasdiqladi.
«3 milliard yevrolik birinçi tölov şu hafta oxirida amalga oşiriladi. Ular Ukrainaga özining bevosita ehtiyojlarini qoplaşga yordam beradi – yil davomida doimiy tölovlar oqimi bilan», — deb yozdi Dombrovskis Twitter'da.
U qolgan tölovlarni oliş muddatini aytmadi. Şmixal öz akkauntida bu tölovlar Kiyevga «kelajakda mikroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolişga» yordam berişini yozgan.
Financial Times gazetasining xabar berişiça, 2023 yilda Ukraina xalqaro hamkorlaridan 38 milliard dollar (oyiga taxminan 3,5 milliard dollar) budjet yordami olişni kutmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni tiklaş uçun 1 trillion dollardan köproq mablağ kerak bölişini aytdi.













