Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Ukrainaga Zuzana 2 gaubitsalari yetkazib berishni yakunladi
Slovakiya 2022 yilda imzolangan shartnomani bajarib, sakkizinchi Zuzana 2 gaubitsasini Ukrainaga topshirdi. Endi bu o‘ziyurar qurollarni ishlab chiqaruvchi korxona Ukraina yangi buyurtmasini amalga oshirmoqda.
Slovakiya 2022 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq Ukrainaga Zuzana 2 o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini yetkazib berishni yakunladi va Slovakiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi sakkizinchi gaubitsani topshirdi, deya xabar berdi Bratislavadagi Mudofaa vazirligi. «Bugungi kunga qadar biz Ukrainaga harbiy-sanoat kompleksimiz tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli artilleriya tizimlarining to‘liq batareyasini topshirdik», — dedi mudofaa vaziri Yaroslav Nad.
U ushbu qurollar yordamida «ukrainalik himoyachilar imkon qadar ko‘proq odamning hayotini saqlab qolishi va o‘z vatanini dushman ustidan so‘zsiz g‘alabaga yaqinlashtirishi»ga ishonch bildirdi. «Slovakiya noqonuniy tajovuzga qarshi kurashni davom ettirayotgan Ukraina tomonidadir. Sakkizinchi Zuzana 2 gaubitsasi hozir Ukraina Qurolli kuchlari ixtiyorida», - deb yozdi Nad Twitter'da.
Slovakiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ushbu gaubitsalarni ishlab chiqaruvchi Konstrukta-Defense Ukrainaning yangi buyurtmasini amalga oshirish ustida ishlamoqda: 16 ta Zuzana 2 gaubitsasi, ularga Germaniya, Daniya va Norvegiya tomonidan birgalikda to‘lanadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, gaubitsa NATO davlatlari qo‘shinlarida qo‘llanadigan har qanday turdagi 155 millimetrli snaryadlarni otish imkoniyatiga ega.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026