Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari nisbatan sovuq harorat saqlanib qoladi
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havoni hali ham sovuq antitsiklon belgilaydi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar qilmoqda.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20-21 yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha bo‘ladi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.