16–18-oktabr kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Havo harorati asosan kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+27 daraja, shimoliy hududlarda 17–18-oktabrda kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi. Togʻli hududlarda 16-oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 17–18-oktabrda ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +12…+14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16-oktabrda +24…+26 daraja, 17−18-oktabrda +22…+24 daraja boʻladi.
















