Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim meyoriga mos boʻladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Hafta boshida havo harorati kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +20…+25 darajani tashkil etadi.

Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni +3…+8 darajagacha, kunduz kunlari +17…+22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi.

Toshkent shahrida hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Dushanba va seshanba kunduz kunlari havo harorati +23…+25 darajani tashkil etadi, 21−22-oktabr kunlari +20…+22 darajagacha pasayadi. 20-oktabrga oʻtar kechasi harorat +10…+12 daraja atrofida boʻladi, biroq 22-oktabrga borib, +6…+8 darajagacha pasayadi.