Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi issiqlik ta’minotida muammosi bölgan maktablar holat yaxşilanguniga qadar öqişni vaqtinça masofadan olib borişiga ruxsat berilişini ma’lum qildi. 

«Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari tomonidan 23 yanvardan barça hududlarda III çorak darslari boşlanişini ma’lum qiladi.

Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bölgan maktablar holat yaxşilanguniga qadar öqişni vaqtinça masofadan olib borişlariga ruxsat etiladi.

Qaysi maktablar vaqtinça masofadan ta’lim olişlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlarni @xtv_nazorat_bot orqali yuboriş mumkin.

Çilonzor tumani hokimligi quyidagi 10 ta maktab an’anaviy tarzda oçilişi rejalaştirilganini ma’lum qildi: 126, 217, 90, 103, 128, 66, 131, 164, 195 va 200-maktab.

Onlayn tarzda maşğulotlar olib boriladigan 22 ta maktablar quyidagilar: 101, 201, 270, 280, 281, 138, 162, 163, 168, 79, 173, 178, 179, 181, 182, 183, 184, 114, 188, 202, 232 va 4-maktab.