Kun.uz manbasining tasdiqlaşiça, u Boş vazir maslahatçisi – Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va  qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti mudiri lavozimiga tayinlangan.

Uşbu lavozimda 2019 yil avgustidan buyon Komil Raşidov işlab kelayotgandi.

Mehriddin Xayriddinov 1977 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan. U 1999 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. Ğijduvon tumanidagi 46-maktabda 2000–2001 yillarda öqituvçi bölib işlagan. 2001–2008 yillarda Mehriddin Xayriddinov Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1, 2, 3-toifa muhandisi, taşqi iqtisodiy aloqalar bölimi boşliği örinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mehriddin Xayriddinov Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 2008–2010 yillarda yetakçi mutaxassis, 2010–2014 yillarda Özbekistonning Qirğizistondagi elçixonasining 1-kotibi, 2014–2017 yillarda Özbekiston Taşqi işlar vazirligining Konsullik boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan, söngra 2017–2018 yillarda Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi boş konsuli bölgan.

Boş vazirning taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi prezidentning 2019 yil 20 avgustdagi çet elda işlayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning oilalarini himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş töğrisidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasiga kiritilgan.