Özbekistonning Moskvadagi boş konsuli - charter reyslar, firibgarlar va Samaradagi holat haqida
|21:46 / 17.05.202068 20911 min
Koronavirus pandemiyasi Rossiyadagi millionlab özbekistonliklar hayotiga ham jiddiy ta'sir körsatdi. Qiyin ahvolda qolgan vatandoşlarimizdan tahririyatimizga köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Şundan kelib çiqqan holda, Kun.uz Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi boş konsuli Mehriddin Xayriddinov bilan boğlandi.
Özbekistonga charter reyslardan joy oliş röyxati kim tomonidan va qay tartibda tuzilmoqda?
– Rossiyada juda köp özbekistonliklar yaşab, mehnat faoliyatini olib boradi. 16 martdan buyon ulardan bölayotgan murojaatlarni qabul qiliş uçun telegram-bot yölga qöyilgan. Botdagi havola orqali fuqaroning özi ism-familiya, pasport va boşqa ma'lumotlarini qoldiradi, bot bu ma'lumotlarni avtomatik tarzda röyxatga kiritib boradi.
Odamlar bir neça marotaba röyxatga yoziliş holatlari ham bor. Buni tozalaşga ham ança vaqt ketyapti. Şuning uçun röyxatga kirişni istagan fuqarolardan iltimos qilgan bölardim, 10-20 martalab röyxatdan ötişmasin.
Charter reyslar masalasini kim hal qiladi?
– Charter reyslar faqatgina Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yölga qöyiladi. Qaçon charter qöyiş masalasi Özbekistondagi statsionar karantin örinlarining soni va boşqa omillarni körib çiqqan holatda belgilanadi.
«Elçixonalar röyxat taqdim etadi, xolos»
Mehriddin Xayriddinov
– Elçixonalar faqat röyxatni taqdim etadi. 50 mingdan oşiq odam kiritilgan röyxat bor. 60 mingga yaqinlaşmoqda. Reys muddati ma'lum bölgandan keyin birinçi navbatda öta oğir kasallar, homilador ayollar, keksalar, yoş bolalilar tanlab olinadi. Röyxat içidan qaysi biri oğirroq, qaysi biri yengilroq holatda ekaniga qarab tanlab olinadi. Ularni tanlaşning özi ham mas'uliyat, çunki bunday toifaga kiruvçi odamlar ham köp.
Fuqarolar şunday paytda bağrikenglik namoyon qilişsa, matonatli bölişsa, yanada maqsadga muvofiq bölar edi.
Bemor yoki homiladorlik uçun soxta hujjatlar tayyorlovçi tovlamaçilar paydo bölgan
– Bunday iltimoslar juda ham köp. Odamlarni tanlab oliş – katta mas'uliyat. 4 ming nafar homilador bölganda, birinçi reysda 250 kişi ketsa, qaysi biri ketadi, buni hal etiş – mas'uliyat. Kimni röyxatga tezroq kiritiş şu odamning salomatligi bilan boğliq. Röyxatga kiritadigan odam buni his qiladi, özidan ötkazadi. Keyingi röyxatdagilar navbatdagi reysgaça soğ bölsin, degan narsa xayolidan ötadi.
Mavzuga oid
Oğir kasallar, nogironlar olinadi, degan e'londan keyin, telegram-botda hamma birdaniga «kasal» bölib qoldi. Kasal bölsa, hujjatini körsatadi, uning rost-yolğonligi tekşiriladi.
Buning ham yölini qiladiganlar çiqib qolgan. Bundan tovlamaçilar ham foydalanib qolişyapti. Homiladorlik, kasallik böyiça soxta hujjat tayyorlaş holatlari ham bor. Ularning hammasini rentgendan ötkazib, haqiqatdan şunday ekanini tekşiriş imkoniyatimiz yöq.
Elçixonaning telefon raqami nima uçun doim band?
– Bizda içki telefonlar bor. Ştab nomerlaridan taşqari konsullik nomerlari ham bor. U yerga ham şahardan telefon qilişadi, ham içki qönğiroqlar uçun foydalaniladi.
Telefonda deyarli bir xil savollar beriladi: qaçon charter reys böladi, qaçon ketamiz, röyxatda bormanmi-yöqmi?.. Elçixonaning saytida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda barça ma'lumotlar berib borilyapti.
Telefon qilib söraganda ham şu ma'lumotlar beriladi. Telefon qilib sörab, xodimlarning özidan eşitişni istaydiganlar köp.
Ma'lumotini yuborganlarning röyxatda borligi aniq. Saytda va sahifalarda birinçi navbatda qaysi toifadagi odamlar yuborilişi körsatilgan. Agar şu toifaga kirmasa, navbati kelganda ularga ham aloqaga çiqiladi.
Bunday şikoyatlar borligi rost. Oçiğini aytiş kerak, hamma xodimlarimiz telefonga javob beriş bilan band. Vaziyatni töğri tuşuniş kerak, qiynalgan toifadagi odamlarga öz vaqtida javob bersak, foydaliroq böladi. 10-15 daqiqalab telefonda gaplaşib ötiradigan odamlar ham bor. 100 nafar odam telefon qilib, 5-6 daqiqadan gapirib ötirganda ham 600 daqiqa – 10 soat ketadi.
Bu bizning muammo, töğri. Uni hal qilyapmiz. Endilikda, quyidagi ikkita telefon raqami orqali koll-markazda 24 soat javob beriladi. Har bir telefonda 5-6ta kanal bor. Robot neçançi navbatda turganini aytadi, sal navbat kutiş kerak böladi.
Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Call-markaz telefon raqamlari:
+74992300076
+74992383620
Fuqarolarni bu yerdan olib ketişga eng manfaatdor – özimizning hukumat, prezident va elçixona böladi. Şuning uçun sal sabr qiliş kerak. 12 maydan Rossiyada quriliş obektlarida, sanoat korxonalarida iş boşlandi. Bu yerda ham hozir işçi kuçi yetmayapti. Ozgina harakat qilib, işni qidirib topsa böladi.
Özbekistondagi şaroitni tuşunib, hissa qöşaylik. Bu narsalarning özi bölayotgani yöq. Vatanparvarligimizni namoyon qilişning ayni payti emasmi hozir? Butun dunyoda bölayotgan ofat bu. Heç kim bu narsalarga tayyor bölmagan.
«Qozoğiston bilan çegaraga çorlaş oldinroq boşlangan»
– Rossiya-Qozoğiston çegarasiga çorlaş harakati sal avvalroq boşlangan edi. Ayrim manfaatdor şaxslar turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda çegaraga çorlaşni boşladi. Çegaraga borib, 5 kun yotsak, bizga oçib berişadi, ketamiz, degan gap bölgan. Vaholanki, ilgari bu maşinalar har bir yölovçi uçun 5-6 ming olgan bölsa, endi kişi boşiga 20-30 mingdan söragan. Şunga da'vat qilganlarni şaxsan topib, gaplaşganman. Tuşunib, aytgan gapiga raddiya berganlar böldi.
Feysbukdagi sahifamizda bunday provokatsiyalarga uçmanglar, deb e'lon ham qildik. Şunga qaramasdan, borişdi.
Çegaraga töplanganlar faqat bir marta istisno tariqasida ötkaziladi
Hozirgi paytda Taşqi işlar vazirligi, respublika maxsus komissiyasiga bu ma'lumotlar yetkazilgan. Qozoğiston hukumati bilan muzokaralar olib borilyapti. Elçimiz Orenburg, Samara viloyatlari gubernatori, Rossiya Içki işlar vazirligining birinçi örinbosari bilan gaplaşdilar. Öşa yerda bölib turgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş, masala yeçilgunga qadar joy qilib beriş böyiça muloqot olib borildi. Samara gubernatori öşa yerdagi fuqarolarimizga palatka qöyib beradigan va issiq ovqat bilan ta'minlaydigan böldi.
Lekin bu «bir martalik şantaj» qilindi, endi çegarani oçib berişadi, degan gap emas. Koronavirus ham ötib ketadi, faqat özini öylaş kerak emas. Faqatgina huquqni talab qiliş emas, qonuniy majburiyatlar haqida ham unutmaslik kerak. Rossiyada böliş talablariga rioya qiliş kerak.
Çegaradagi holat böyiça qöl qovuştirib ötirilgani yöq. Ayollar, homiladorlar bor, maşina qilib beramiz, deb aldab olib ketişgan.
Elçixonaning «Mehr» taşabbusi haqida. Unga Rossiyadagi tadbirkor vatandoşlar qöşila oladimi?
– Elçixonada alohida hisob raqami oçilgan. Xayriya mablağlari ötkaziş uçun raqamlarning barçasi saytimizda bor. U yerda yordam söraş uçun ham, mablağ xayriya qiliş uçun ham ma'lumotlar körsatilgan.
Mablağ ham çeksiz emas, şuning uçun eng oğir toifadagi odamlarga beriladi. Qaysi toifadagi fuqarolarga berilişi ham körsatilgan.
Uzoq hududlardagi vatandoşlar yordam oliş uçun kimga murojaat qiladi?
– Ular sayt orqali murojaat qilişlari mumkin. Bundan maqsad – jarayonni avtomatlaştiriş. Bizda ham resurslar çeklangan. Şuning uçun jarayon avtomatlaştirilgan. Bu platformaga boşqa konsulliklar ham ulangan. Qönğiroq qilib ham, elektron poçta orqali ham murojaat qilsa böladi. Saytdan kiriş şart, degan talab yöq. Faqatgina körsatilgan toifalardan biriga mansubligini tasdiqlovçi hujjatlari bölsa, elçixonaga yoki konsullikka taqdim etişi kerak.
Bekor qilingan doimiy reyslarga olingan çiptalar masalasi
– Fuqaroning qölida boşqa aviakompaniyalarning emas, faqatgina milliy aviakompaniya – Uzbekistan Airways reyslariga çipta bölsa, bekor qilingan reyslarga bölsa ham çipta bir yil mobaynida öz kuçida qoladi. Şu çipta bilan öşa joydan uçib ketaveradi.
Pandemiya tufayli bu çiptalar bir yil davomida öz kuçini saqlab qolişi belgilangan. Bu faqat milliy aviakompaniya çiptalari uçun. Rossiyada qolaman, işlayman, deganlar bölsa, aviakompaniyaning barça viloyatlarda vakolatxonalari bor, ularga murojaat qilinsa, çipta uçun tölangan summani qaytarib olişlari mumkin.
Yöq charter reys uçun çipta sotuvçi tovlamaçilar ham paydo bölgan
– Hozirgi charter reyslar uçun ham çipta narxi – 11 ming rubl. Ilgari bunday narx bölmagan, şaroitdan kelib çiqqan holda pasaytirib qöyilgan. Tovlamaçilar ham paydo bölgan. Mavjud bölmagan reyslarga çipta sotib olişni taklif qiladiganlarga aldanib qolmaslik töğrisida ham ogohlantiriş berganmiz.
Hatto elçixona nomidan çiqib, şu karta raqamiga pul taşlang, falon sanada reys böladi, ketasiz, mazmundagi holatlar ham bölgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiliş holatlariga ham ularni berganmiz.
Kim bölişidan qat'i nazar, bank kartasiga pul ötkazinglar, degan gaplarga işonişmasin. Çiptalar aviakompaniyaning kassalaridagina sotiladi.
«Elçixona yoki konsullik yonida töplaniş – karantin qoidalarini buziş»
– Fuqarolardan iltimos qilmoqçi edim. Köpçilik elçixonaning oldiga kelib, viloyatdagi konsulliklar oldida töplanib, men ketaman, meni birinçi jönatasan, degan murojaatlar kuzatilyapti.
Hamma vaqt eşitişga tayyormiz. Lekin, şuni unutmaslik kerakki, Rossiyada ham hozir pandemiya. Bu davrda öz-özini izolyatsiya qiliş talabi bor, ijtimoiy masofalaniş bor. Moskvada maxsus ruxsatnoma bilan köçaga çiqiladi. Bu bekorga emas. Koronavirus aniqlangan, qölida «Rospotrebnadzor»ning uy izolyatsiyasida böliş körsatmasi bölgan fuqarolar ham kelib, boşqalar bilan aralaşib yurgan holatlarni ham bildik. Biz bilmagan holatlar qança?
Barça ma'lumotlarni onlayn olsa böladi
– Elçixona xodimlarini haqoratlaganlar bor. Biz bu haqoratlarni eşitişga ham tayyormiz. Şu şart bilan işlaşga kelganmiz. Aloqa raqamlari körsatib osib qöyilgan e'lonlarni yulib taşlaş, toş otiş, haqoratlaş holatlari bölgan. Bu böyiça hamma videolavhalar bor. Bunaqa qiliş bilan baribir heç narsa özgarmaydi. Uyda ötirib ham ma'lumot oliş mumkin.
Bir joyda töplanib turişsa, ruxsatnomasi bölmasa, huquqni muhofaza qiluvçi mahalliy idoralarning e'tiborini tortişi tabiiy. Politsiya çaqiriş bizning xayolimizga kelgani yöq. Ular özining vazifasini bajaryapti. Hamma bir-birini tuşunişi kerak. Fuqarolardan şuni iltimos qilgan bölardik.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi