Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şvetsiya Turkiya uşbu mamlakat NATOga kirişini ma’qullaşidan umid qilmasligi kerakligini bildirdi. Erdöğan daniyalik öta öng siyosatçi dam oliş kunlarida Stokholmdagi turk elçixonasi yaqinida Qur’oni karimni yoqib yuborganiga javoban şunday bayonot berdi.

«Şvetsiyadagi bu nopok harakatlar (...) musulmonlarni, şuningdek, barça odamlarning huquq va erkinliklarini haqorat qiliş hisoblanadi. Siz [KIP] terrorçilarini qöllab-quvvatlaşda davom etyapsiz, şuningdek, NATOga qöşiliş uçun yordamni kutyapsiz.

Şvetsiya bizdan NATOga a’zolikni qöllab-quvvatlaşimizni kutmasligi kerak. Mamlakatimiz elçixonasi oldida bunday şarmandalik bölişiga yöl qöyganlar endi biz tomonimizdan  ularning foydasiga iltifot bölişiga umid qila olmasligi aniq», dedi Turkiya rahbari. 

Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Şvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bölib kiriş uçun ariza topşirdi, ammo Turkiya, alyans a’zosi sifatida ularning qabul qilinişiga tösqinlik qilişi mumkin edi - va şu vaqtga qadar bu mamlakat tegişli hujjatlarni ratifikatsiya qilmadi.

Anqara Stokgolmdan asosan turk kurdlaridan (Turkiya hukumati ularni terrorçilar deb hisoblaydi) iborat bölgan 70 dan ortiq kişini ekstraditsiya qilişni talab qilmoqda.

Avvalroq Turkiya Şvetsiya mudofaa vaziri Pol Yunsonning Anqaraga rejalaştirilgan taşrifini bekor qilgandi. Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar bu taşrif öz ma’nosini yöqotganini aytgandi.

Stokholmdagi aksiya 21 yanvar kuni Daniyada sönggi saylovlarda 1,8 foiz ovoz olgan, islom diniga qarşi ultraöng Stram Kurs («Keskin kurs») partiyasi yetakçisi Rasmus Paludan tomonidan uyuştirildi. Şvetsiya politsiyasi elçixona oldida aksiya ötkazişga ruxsat bergan, ammo Qur’oni karimni yoqişga emas, Paludan esa elçixonadan unça uzoq bölmagan hududda şu işni qilgan.

Islom dini va immigrantlarga qarşi bölgan Rasmus Paludanda Şvetsiya fuqaroligi ham bor, ammo u daniyalik siyosatçi. Foto: REUTERS

Şvetsiya hukumati ham bu harakatni qoraladi.

«Şvetsiyada - söz erkinligi mavjud, ammo bu Şvetsiya hukumati yoki şaxsan men bunday fikrlarni qöllab-quvvatlayman degani emas», dedi şanba kuni mamlakat taşqi işlar vaziri Tobias Billstryom.

Billstryom Erdöğanning sönggi bayonotiga munosabat bildirmadi, u birinçi navbatda turklar prezidenti aynan nimalar deganiga aniqlik kiritib olmoqçi.