Germaniya uzoq vaqt davomida Ukrainaga özining Leopard tanklarini yuboriş borasida bir qarorga kela olmadi. Bunga birinçi sabab, uşbu qadam Berlinni amalda mojaroning iştirokçisiga aylantiradi degan qörquv edi. Va bu qörquv uşbu tanklarni nafaqat Germaniyadan yetkazib berişga, balki boşqa mamlakatlardagi nemis tanklarini reeksport qilişga rasmiy ruxsat berişga ham tegişli edi. Berlinning roziligisiz Leopard’larni Ukrainaga yuborib bölmasdi.

Uşbu qiyin siyosiy masala yeçimi Buyuk Britaniya va AQŞ tomonidan Kiyevga tanklar yuborilişini e’lon qiliş böldi — şundan keyin Germaniya bunday yordamni amalga oşiradigan yagona davlat bölib qolmadi.

Yevropa va AQŞ Germaniyani Leopard’larni yuborişga ruxsat berişga köndirar ekan, Ukraina Leopard 2’dan taşqari Abrams va Challenger 2 tanklarini ham qölga kiritdi. Şu sabab Ukraina tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda Germaniya kansleri Olaf Şolsga qat’iyatsizligi uçun hazil bilan minnatdorçilik bildirdi.

Ukraina qança tank olişi mumkin?

Umumiy hisobda qança tank yetkazib berilişi noma’lum. Katta ehtimol bilan e’lon qilingan miqdorlar yakuniy bölmaydi.

Hozirça Britaniyadan 14 ta Challenger 2, Germaniyadan 14 ta Leopard 2 tanki va’da qilingan, Polşa ham, ehtimol, yana 14 ta tank beradi.

AQŞ Ukrainaga 31 ta tank yetkazib beradi. Baydenning sözlariga köra, yetkazib beriş köp vaqt talab etadi, biroq AQŞ tez orada ukrainalik harbiylarni öqitişni boşlaydi.

Challenger 2 – «ukrainlar uçun tanklar uçligi»dagi eng zamonaviysidir. Foto: Getty Images

«Uşbu tanklarni jang maydoniga yetkaziş vaqt talab etadi. Biz bu vaqtdan ukrainaliklar Abrams tanklarini öz mudofaasiga qöşişga töliq tayyor bölişini ta’minlaş uçun foydalanamiz», degan AQŞ prezidenti.

Amerika matbuotining xabar berişiça, Kiyevga jönatiladigan Abrams tanklari «Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi» (Ukraine Security Assistance Initiative) dasturining bir qismi sifatida buyurtma qilinişi kerak, bu esa tanklar Ukrainaga AQŞ armiyasining zaxiralaridan emas, balki işlab çiqaruvçidan yuborilişini anglatadi. Bu esa qurol paketi yetkazib berilişini sezilarli darajada keçiktiradi.