O‘zbekiston | 14:03 / 28.01.2023
10749
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryodagi IES uchun Yaponiyadan energoqurilmalar olib kelindi

Joriy yilda Sirdaryo viloyatida yirik va zamonaviy IES ishga tushiriladi.

Foto: Energetika vazirligi

Sirdaryo viloyati Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda. 

Unda Mitsubishi kompaniyasining zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalari hamda gaz turbinalari o‘rnatilmoqda. Mazkur stansiya uchun Yaponiyadan olib kelinayotgan yirik energoqurilmalarning ikkinchi bosqichi keltirildi. Ushbu qurilmalar ayni kunda Qoraqalpog‘istondan Sirdaryo viloyatiga olib kelinmoqda.

Stansiya yiliga 12 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi. Stansiya joriy 2023 yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

2022 yil dekabr oyida mazkur IESda Yaponiyadan olib kelingan birinchi gaz turbinasi o‘rnatilgan edi.

Mavzuga oid