Amerikaning Nyu-Meksiko ştati prokuraturasi 31 yanvar, seşanba kuni aktyor Alek Bolduinga 2021 yil 21 oktyabrda "Zang" vesternini suratga oliş çoğida operator Galina Xatçinsni öldirgani böyiça rasman ayblov qöydi. Bu haqda Amerika OAV sud hujjatlariga asoslanib xabar bermoqda.
Bolduindan taşqari, xuddi şunday ayblov suratga oliş maydonçasida qurol va öq-dorilar uçun mas’ul bölgan Xanna Guteres-Ridga ham qöyildi. Bolduin suratga oliş paytida tasodifan Xatçinsni "Kolt" revolveridan otib qöydi, unda noma’lum sabablarga köra öqsiz patronlar örniga haqiqiylari bölgan.
Agar Bolduin va Guteres-Rid aybdor deb topilsa, ular 18 oygaça qamoq jazosi va 5000 dollar jarimaga tortilişi mumkin. Biroq bu iş öqotar qurolga aloqadorligi tufayli qamoq muddati beş yilgaça oşişi mumkin, deya ta’kidlaydi CNN.
2022 yil noyabr oyida Bolduin "Zang" suratga oliş guruhini sudga berdi. Aktyorning ta’kidlaşiça, fojiaga Guteres-Rid, aktyorga qurol berib, uning xavfsiz ekanligini aytgan rejissyor yordamçisi Deyv Xolls, rekvizitor Sara Zakri va qurol yetkazib beruvçi Set Kennining harakatlari sabab bölgan. "Bu ayblanuvçilar suratga oliş maydonçasida xavfsizlikni ta’minlaşi kerak bölgan professionallardir. Suratga olişning barça iştirokçilari, jumladan Bolduin ham ulardan buni kutişmagan va ularga işonişgan", deyiladi da’vo arizasida.
Şu bilan birga, Guteres-Ridning advokati Jyeyson Boulz jurnalistlarga şunday dedi: "Aynan u, Bolduinning özi Galinani otib qöydi, bu uning xatosi".
Xatçinslar oilasi dastlab Bolduinni suratga olinayotgan sahnaga yetarliça tayyorgarlik körmaganlikda va filmning işlab çiqariş xarajatlarini asossiz qisqartirişda ayblab, sudga berdi. Keyinçalik da’vo qaytarib olindi. "Biz hammamiz Galinaning ölimi dahşatli baxtsiz hodisa deb hisoblaymiz", dedi marhum operatorning eri Metyu Xatçins.













