AQŞning Nyu-Meksiko ştatidagi katta hakamlar hay’ati taniqli aktyor Alek Bolduinga 2021 yilda operator Galina Xatçinsning ölimiga sabab bölgan «Zang» filmi suratga oliş maydonçasidagi otişma böyiça yangi ayblov qöydi. Bu haqda Nyu-Meksiko sudi 19 yanvar, juma kuni keçqurun xabar berdi.

Bolduin ikki modda böyiça odam öldirişda ayblanmoqda - «öqotar quroldan ehtiyotsizlik bilan foydalaniş» va «boşqalar xavfsizligiga töliq e’tiborsizlik yoki befarqlik bilan sodir etilgan halokatli oqibatlarga olib keladigan harakat». Bular törtinçi darajali jinoyat böyiça ayblovlar bölib, buning uçun aktyor 18 oygaça qamoqqa olinişi mumkin. 

Tergovdagi qöşimça faktlar 

Bolduinga nisbatan ilgari qöyilgan odam öldiriş ayblovi 2023 yil aprelida olib taşlangan, biroq prokurorlar keyinçalik «qöşimça faktlar» paydo bölganini aytgandi. Idora Xatçinsni öldirişda foydalanilgan töpponçani qöşimça ekspertizadan ötkazdi. Ekspertiza şuni körsatdiki, Bolduin tepkini bosgandagina öq uzişi mumkin bölgan. Bolduin ilgari buni qilmaganligini ta’kidlagandi. 

Aktyorning advokatlari yangi sud jarayonini kutayotganini aytdi. Yangi sud majlislari sanasi hali belgilanmagan. 

Ukraina fuqarosi, amerikalik kinooperator Galina Xatçins 2021 yilda Santa-Fe şahri yaqinida «Zang» vestern filmini suratga oliş çoğida halok bölgandi. Sahnalardan birida filmning boş aktyori va prodyuseri Alek Bolduin töpponçadan haqiqiy bölmagan patronlar bilan öq uzişi kerak edi, ammo rekvizit qurolida haqiqiy öq bölgan va u tasodifan 42 yoşli operatorga tegib ketgan. Xatçins olgan jarohatlari tufayli şifoxonada vafot etdi. Qanday qilib jangovar öq-dorilar suratga oliş maydonçasiga tuşib qolgani noma’lumligiça qolmoqda.