Operator Galina Xatçinsning suratga oliş maydonçasidagi ölimi işi böyiça tergovçilar sözlariga köra, sönggi kunlarda qöşimça tergov va ekspertiza ötkazişni talab qiluvçi faktlar oşkor böldi. Ayni paytda, Alek Bolduinga qöyilgan ayblovlar olib taşlandi.
Yanvar oyida amerikalik aktyor Alek Bolduinga qöyilgan odam öldiriş böyiça ayblovlar bekor qilindi, biroq tergov davom etadi. Bu haqda 20 aprel, payşanba kuni Santa Fe (Nyu-Meksiko ştati) okrug prokuraturasi tomonidan tayinlangan maxsus tergovçilar ma’lum qildi. Ularning sözlariga köra, keyingi kunlarda qöşimça tergov va sud-tibbiy ekspertiza ötkazişni talab qiluvçi yangi faktlar paydo bölgan. Ta’kidlanişiça, 65 yoşli aktyorga keyinroq yangi ayblovlar qöyilişi mumkin.
42 yoşli tasvirçi Galina Xatçins 2021 yil oktyabr oyida «Zang» vesternini suratga oliş vaqtida öldirilgandi. Sahnalardan birida boş rol ijroçisi bölgan aktyor va prodyuser Alek Bolduin töpponçadan soxta öq uzişi kerak bölgan, ammo qurol haqiqiy öq-dorilar bilan töldirilgan, töpponçadan uzilgan öq tasodifan operatorga kelib tekkan va u şifoxonada olgan jarohatlaridan vafot etgan. Qanday qilib jangovar öq-dorilar töpponçaga solib qöyilgani hozirgaça noma’lumligiça qolmoqda.
31 yanvar kuni Nyu-Meksiko ştati prokuraturasi Alek Bolduin hamda suratga oliş maydonçasida qurol va öq-dorilar uçun mas’ul bölgan Xanna Guteres-Ridga nisbatan qotillik ayblovini qöydi. Ular öz ayblarini inkor etdi.
Mart oyi oxirida suratga oliş maydonçasida xavfsizlik uçun mas’ul bölgan rejissyor yordamçisi Devid Xolls olti oylik şartli qamoq jazosiga hukm qilindi. U aybini prokuratura bilan kelişuvning bir qismi sifatida tan oldi.
Ayni paytda, «Zang» filmining suratga oliş işlari davom etmoqda. Marhum kinooperatorning eri Metyu Xatçins loyihaga ijroçi prodyuser sifatida qöşiladi. Bu qaror suddan taşqari kelişuvning bir qismi böldi - buning evaziga u fuqarolik da’vosini qaytarib oldi.













