AQŞning Nyu-Meksiko ştatida kuçli yomğir oqibatida yuzaga kelgan suv toşqini natijasida dastlabki ma’lumotlarga köra, 2 kişi halok bölgan, 300 ga yaqin odam qutqarilgan. Nyu-Meksiko politsiyasiga köra, kuçli yomğir Rozuell şahrini qoplagan.
Gubernator Mişel Luxan Grişem Çaves okrugida favqulodda holat e’lon qildi va suv toşqini qurbonlariga yordam beriş uçun davlatdan 1 million dollar ajratdi.
Nyu Meksiko Milliy gvardiyasi, qidiruv-qutqaruv guruhlari suv toşqinlari tufayli maşinalarida qolib ketgan 290 kişini qutqarganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, qutqarilganlardan 38 nafari davolaniş uçun şifoxonaga yotqizilgan, qutqaruv işlari davom etmoqda.
AQŞ milliy meteorologiya xizmati (NWS) şarqiy va markaziy ştatlarda kuçli yomğirlar hafta davomida davom etişi va yana toşqinlarga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.













