Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, dastlab işni kosibçilik şaklida boşlagan tadbirkor oxirgi tört yilda kiçik binoda faoliyat yuritar edi. Ötgan yili tadbirkor öz mablaği hisobidan 8 million dollarlik yangi korxona taşkil etdi. Kelajakni inobatga olib, majmua 4 qavatli qilib qurilgan.
Uskunalar Turkiya va Xitoydan olib kelingan. Işlab çiqarişga turkiyalik dizayner va texnologlar jalb qilingan. Birinçi bosqiçda 60 xil poyabzal va çarm mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyilgan. Hozir bu yerda 500 kişi mehnat qilmoqda. Ikkinçi bosqiçda yana şunça iş örni taşkil etiladi.

Korxonaning asosiy möljali eksport. Joriy yilda bu körsatkiçni 4 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Tadbirkor Yevropa bozoriga çiqmoqçi ekanini aytdi. Davlatimiz rahbari bu böyiça mutasaddilarga körsatma berdi.
- Çarm sanoati ham drayverga aylanyapti, korxonalar köpayyapti, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Endi ularga kafolatlangan xomaşyoni ta’minlab beriş kerak. Ikkinçidan, kasanaçilik asosida uyda ötirgan ayollarni ham jalb qiliş zarur. Umuman, bunday ilğor korxonalarning rivojlanişiga kömak berib, klasterga aylantiriş mumkin.

Mutasaddilarga ilmiy institutlarga buyurtma berib, import bölayotgan xomaşyo materiallarini mahalliylaştiriş böyiça topşiriq berildi. Davlat rahbari korxonada işlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlaşdi.

- Bugun Andijonga tadbirkorlikni kengaytiriş, barqaror energiya manbalari yaratiş, odamlarning daromadini oşiriş uçun keldik. Oyliklaringiz qaçon oşadi? Çiqarilayotgan mahsulotning bozori çaqqon bölsa. Buning uçun sifat, bilim, malaka kerak. Şu bois xotin-qizlarimizning kasb egallaşiga alohida e’tibor qilyapmiz. Ona rozi bölsa, oila ham, jamiyat ham rozi böladi, - dedi prezident.









