Prezident maktabda kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi
Andijon tumanidagi 55-maktabning yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilgan. Bu yerda yuqori sinf o‘quvchilari tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda. Maktab hududida avtotexxizmat, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar bor.
Prezidentning xalqqa murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edi. 20 yanvar kuni bu boradagi vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi rejalashtirildi.
Bu maqsad joylarda hayotga ko‘cha boshladi. Xususan, Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qo‘shimcha sharoitlar yaratildi. Maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yildi.
Prezident ushbu xonalarni kirib ko‘rdi.
Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.
Davlat rahbari kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
- E’tibor bersangiz, kasb egallamay o‘qishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qo‘lida hunari bo‘lib, chet tilini bilsa, yo‘li ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. O‘zingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar o‘rganing. Qarorlar, sa’y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo‘r bo‘lsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi - yoshlar, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024