2020 yil noyabrida Vena markazida öt oçgan şaxsning ikki şerigi 2 fevral, payşanbaga ötar keçasi Avstriya poytaxti sudi tomonidan qotillikda iştirok etiş bilan boğliq terrorçilik harakatlarida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Yana tört nafar ayblanuvçi ikki yildan 20 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

2020 yil 2 noyabr kuni Avstriya pasportiga ega Şimoliy Makedoniya Respublikasida tuğilgan 20 yoşli Kuytim Feyzulay Vena şahrining gavjum "Bermud uçburçagi" (Bermudadreieck) mavzesida, markaziy sinagoga va Vena opera teatri yaqinida öt oçdi. Avstriya rasmiylari terakt deb tan olgan uşbu otişma natijasida 4 kişi halok böldi: ikki erkak va ikki ayol. Yana 23 kişi jarohatlangan.

Politsiya Feyzulayni voqea joyida otib taşladi. Hodisa uçun javobgarlikni IŞID guruhi öz zimmasiga oldi.

Öşa fojiali voqealardan söng Avstriya hukumati bölajak terrorçini kuzatmagani uçun qattiq tanqid qilindi: Feyzulay 2018 yilda Suriyada IŞID jangarilariga qöşilişga uringani uçun qamoq jazosiga hukm qilingani ma’lum böldi. Şu bilan birga, maxsus xizmatlar u qamoqdan çiqqanidan söng Avstriyaga qöşni davlatlardagi şaxslar bilan boğlanib, qurol sotib olişga uringani haqida ma’lumotga ega bölgan.