Özi bu qanday loyiha?
AQŞning San-Fransisko şahrida kremniy vodiysi bor va bu joyda dunyoning gigant IT kompaniyalari faoliyat yuritadi. Stiv Jobs va Stiv Voznyakning Apple kompaniyasini oçiş ğoyasi ham aynan şu vodiydagi bir “garaj”da paydo bölgan. Ammo bugungi mavzu bu emas, balki kelgusida şunday innovatsiyalarni amalga oşiriş uçun imkoniyat beradigan özbekça “kremniy vodiysi” haqida.
Olmazor tumanida Innogroup kompaniyasi tomonidan mana şunday loyiha amalga oşirilmoqda. Kompaniya 2019 yilda Şavkat Mirziyoyevning 1 mlrd söm mablağ ajratişi bilan taşkil etilgan bölib, 3D printerli laboratoriyalari orqali 20 dan ortiq işlab çiqariş yönalişlariga xizmat körsatadi.
“Loyihamiz doirasida prezident Şavkat Mirziyoyevga 3D modellaştiriş texnologiyasini rivojlantirib, boşqa yönalişlarga ham tatbiq etişga va’da bergan edik. Loyiha tatbiğini tumandagi 33 ta maktabda amalga oşiryapmiz. Bu jarayonda maktablarning hammasiga bosqiçma-bosqiç 3D modellaştiriş, prototiplaş laboratoriyalarini örnatyapmiz”, – deydi kompaniya asosçisi Behzod Töxtamurodov OAVga bergan intervyusida.
Loyihaga köra, dastlabki bosqiçda törtta maktabda robototexnika va injiniring markazlarini, ikkinçi bosqiçda qolgan ta’lim muassasalarida mexatronika va VR (virtual reallik) ta’lim markazlarini oçiş rejalaştirilgan. Mexatronika hamda VR markazlarida öquvçilar öylagan ğoyalarini moddiyatga aylantirişi uçun kerak böladigan barça asosiy qurilmalar joylaştiriladi.
Darslar qanday olib boriladi?
Tumandagi maktablarda öquvçilarga robototexnikani örgatayotgan ustozlardan biri Abdulhay Madaipovning aytişiça, öquv dasturi asosiy 3 bosqiçdan iborat.
“Birinçi bosqiçimiz – boşlanğiç, ya’ni 2-4-sinf, ikkinçisi – örta bosqiç, 5-9-sinf va yuqori bosqiçimiz, 10-11-sinflarni öz içiga olgan. Öquvçilar dasturlaş, elektronika, mexanika va sun’iy intellektni örganişadi. Bizdagi bilim oliş jarayoni zamonaviy STEM ta’limi asosida amalga oşiriladi. Soddaroq tuşuntirsam, deylik, valli robotini yasaş uçun bir neçta fanlarning – matematika, fizika, injyeneriya, mexanika, elektronika, dasturlaş orasida integratsiya bölişi kerak böladi. Mana şu integratsiya robotni yasaşga yordam beradi, eng qiziği, buni bola emotsional holatda yasaydi. “Men matematikani yoki fizikani örganyapman”, deb öylamaydi va buni özi bilmagan holda özlaştiradi. STEM ta’limi şunday böladi”, –












