Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi bölimining sobiq boşliği Pölat Şamşetov Nukus voqealari böyiça hukm çiqarilgandan köp ötmay vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. 

«Pölat Şamşetov Qoraqalpoğistonning birinçi va yagona prezidenti Dauletbay Şamşetovning öğli, taxminan yurak xurujidan vafot etdi. U 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi», deyiladi xabarda. 

Pölat Şamşetov 45 yoşda edi. U ötgan yilning iyul oyida Qoraqalpoğistonda yuz bergan voqealardan keyin hibsda saqlanayotgan edi. 

31 yanvar kuni Buxoro viloyati sudi hukmiga köra, Pölat Şamşetov Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga şu kodeksning 45-moddasi (Muayyan huquqdan mahrum qiliş) va 57-moddasi qöllanib, mansabdorlik lavozimlarida va içki işlar tizimida 3 yil davomida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi. 

Manbalarga köra, dafn marosimi duşanba (6 fevral) kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.