4 fevral kuni Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan Pölat Şamşetov (Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV sobiq xodimi) vafot etdi.
Boş prokuratura xabariga köra, hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boşliği, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Mazkur közdan keçiriş jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Şamşetovning advokati va yaqin qarindoşlarining ham iştiroki ta’minlangani aytiladi.
Qayd etilişiça, ölim sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi işçi guruhining dastlabki ma’lumotiga köra, marhum öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir yurak-qon tomiri yetişmovçiligi oqibatida vafot etgan.
Hozirda Buxoro şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Pölat Şamşetov 45 yoşda edi. U ötgan yilning iyul oyida Qoraqalpoğistonda yuz bergan voqealardan keyin hibsda saqlanayotgan edi.
Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va içki işlar tizimida işlaş huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.









