Norvegiya hukumati köp yillik yordam paketi doirasida Ukrainaga 75 milliard krona (6,8 milliard yevro) ajratiş niyatida, dedi 6 fevral, duşanba kuni boş vazir Yonas Gar Styore.

Uning sözlariga köra, mablağlar harbiy va fuqarolik yordami paketiga sarflanişi közda tutilgan. Dastur beş yilga möljallangan, ammo u hali Oslodagi parlament tomonidan tasdiqlanişi kerak. Mamlakatning eng yirik muxolifat partiyasi yetakçisi, sobiq boş vazir Erna Sulberg Ukrainaga uzoq muddatli yordam körsatişni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.

Birinçi yilda pul harbiy va gumanitar yordam örtasida teng taqsimlanadi, ammo kelajakda bu muvozanat özgarişi mumkin. Avvalroq Styore Norvegiya neftdan tuşgan daromadning bir qismini Ukrainaga yordam beriş uçun yuborişi mumkinligini aytgan edi. «Biz buni töğri deb hisoblaymiz. Ukraina bu uruşda yutqazmasligi bizning milliy manfaatlarimizga mos keladi, bizda neft sektoridan keladigan favqulodda daromad tufayli harakat qiliş uçun joy bor», - dedi u.
 
Bundan taşqari, Norvegiya hukumati Ukrainadagi uruş oqibatlaridan ayniqsa qattiq jabr körgan janubiy mamlakatlarga öz yordam dasturini taklif qilmoqda. Uşbu taşabbus doirasida Norvegiya har yili insonparvarlik yordami va oziq-ovqat uçun yana beş milliard krona (450 million yevro) ajratişni rejalaştirmoqda.

«Men Norvegiya xalqi, hukumati va şaxsan boş vazir Yonas Gar Styorega 75 milliard krona miqdoridagi misli körilmagan 5 yillik yordam paketini e’lon qilgani uçun minnatdorman», - deya izoh berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy taşabbusga.