Oliy rada Ukraina xavfsizlik xizmatiga Vasiliy Malyukni rahbar etib tasdiqladi, u bunga qadar maxsus xizmatlar rahbarligi vazifasini vaqtinça bajaruvçi edi.
UNIAN naşri xabariga köra, bu qaror 324 nafar deputat tomonidan qöllab-quvvatlangan. Parlament yiğilişida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham iştirok etib, Malyuk nomzodi uçun ovoz berişga çaqirgan.
U deputatlar qarşisida çiqiş qilib, Rossiya bosqini borasida qat’iy fikr bildirgan va olqişlarga sazovor bölgan.
Bundan taşqari, parlamentariylar Ukrainaning yangi içki işlar vazirini lavozimga tasdiqlaşgan — bu lavozimni 2019 yildan buyon mamlakat Milliy politsiyasi rahbari bölgan Igor Klimenko egalladi. Uning nomzodi uçun 321 deputat ovoz bergan.

18 yanvar kuni Brovarida vertolyot halokati oqibatida Ukraina IIVning oldingi rahbari Denis Monastirskiy halok bölgaç, Klimenko vazir vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölib turgandi.
- Muqaddam Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari birinçi örinbosari bölgan Vasiliy Malyuk 2022 yil iyulida mamlakat prezidenti farmoni bilan maxsus xizmatlarning vaqtinça rahbari etib tayinlangandi. Öşanda UXX rahbari Ivan Bakanov va Ukraina boş prokurori Irina Venediktova işdan olingandi — bu uşbu idoralar xodimlarining Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqalari tekşirilişi ortidan röy bergandi. Bakanov — Volodimir Zelenskiyning bolalikdagi dösti hisoblanadi. U 2019 yil avgustida UXX rahbari bölgandi.














