Rosaviatsiya taşkiloti «Ural Airlines» kompaniyasga Özbekistonning 6 ta şahriga parvoz qilişga ruxsat berdi.
Qatnovlar 2023 yil yozidan boşlab, Rossiyaning Yekaterinburg şahridan Qarşi, Farğona, Nukus, Navoiy va Urgançga (haftasiga 4 marta), şuningdek, Buxoroga (haftasiga 3 marta) amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, aviakompaniya Yekaterinburgdan Namanganga (yozgi mavsumda haftasiga 5 marta) va Samarqandga (qişki mavsumda haftasiga 7 marta) parvozlar sonini oşiradi.
«Ural Airlines» kompaniyasiga hammasi bölib Rossiyaning 13 ta şahridan Özbekistonga parvoz qilişga ruxsat berildi: Yekaterinburgdan taşqari, Krasnodar, Grozniy, Nijniy Novgorod, Nijnevartovsk, Soçi, Qozon, Maxaçqala, Mineralniye vodi, Çelyabinsk, Jukovskiy, Rostov-na-Donu. Şuningdek, Sankt-Peterburgdan qatnovlar soni ham oşirilişi mumkin.








